Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

UrDUda “Ixtiro va foydali modelga talabnoma topshirish, ish yuritish, ekspertiza jarayoni hamda mualliflik huquqini deponentlash” mavzusida seminar oʻtkazildi

Seminarga UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov  raislik qildi. Unda Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMBI bo‘limi boshligʻi S.Raxmonov, Adliya vazirligi huzuridagi ”Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligʻi I.Abdukadirov, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi L.Yusupov va  Urganch  davlat universitetining professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. 

Seminar avvalida, Urganch davlat universitetining Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazida qilinayotgan ishlar hamda ushbu markazning kelajakdagi isliqbollari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Seminarda intellekmal mulk sohasidagi salohiyatini rivojlantirish, intellektual mulk sohasida mutaxassislar bilim darajasini va ularni tayyorlash samaradorligini oshirish, omma o‘rtasida intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish, ixtirochilik faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilmiy-texnik ijodkorlik natijalarini hayotga tadbiq etishga sharoit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligʻi I.Abdukadirov  tomonidan foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi masalalar yuzasidan taqdimot asosida ma’lumot berildi.

Seminar yakunida ma’sullar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berildi.

urdu.uz, UrDUda “ixtiro va foydali modelga talabnoma topshirish, ish yuritish, ekspertiza jarayoni hamda mualliflik huquqini deponentlash” mavzusida seminar oʻtkazildi

Ulashish