Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta'lim va mahalla hamkorligi


Joriy yil 28-oktabr kuni Urganch davlat universitetiga biriktirilgan 10 ta mahallalarning yoshlar yetakchilari va uyushmagan yoshlari universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar. Festival doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdilar. 

Shundan so‘ng, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari, mahalla yetakchilari va uyushmagan yoshlar, universitet talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov universitet va mahallalar o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik va oldimizda turgan galdagi vazifalar haqida gapirib, ushbu hamkorlikni samarali tashkil etishdagi hissasi uchun mahalla yetakchilariga tashakkurnoma va badiiy kitoblar taqdim qildi. 

Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarga Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan shartnoma pullarining 50 % ini to‘lab berish to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. 

urdu.uz, OLIY TAʼLIM VA MAHALLA HAMKORLIGI

urdu.uz, OLIY TAʼLIM VA MAHALLA HAMKORLIGI

urdu.uz, OLIY TAʼLIM VA MAHALLA HAMKORLIGI

urdu.uz, OLIY TAʼLIM VA MAHALLA HAMKORLIGI

Ulashish