Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Fakultetlarning yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot oʼtkazildi


Bugun, 2-noyabr kuni UrDU rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayns nazorat” tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shixova hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi UrDU boshlangʻich tashkiloti yetakchisi A.Samandarovlar barcha fakultetlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashdilar.

▪️Uchrashuvda asosiy eʼtibor yoshlar yetakchilari uchun fakultetlarda yaratilgan sharoitlar, kamchilik va muammolarga qaratildi. Faoliyatlariga toʻsqinlik qilayotgan holatlar haqida soʻraldi. Faoliyatlari yuzasidan fikr-mulohazalari va tashabbuslari tinglandi. 

▪️Yetakchi talabalar har jihatdan boshqa talabalarga oʻrnak boʻlishlari, universitetning oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarida faol va ilgʻor boʻlishlari taʼkidlandi.

▪️Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda “Halollik vaksinasi” tamoyilini fakultetlarda targʻibot-tashviqot ishlarini yetakchilar orqali kuchaytirishga kelishildi. 

urdu.uz, Fakultetlarning yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot oʼtkazildi

urdu.uz, Fakultetlarning yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot oʼtkazildi

urdu.uz, Fakultetlarning yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot oʼtkazildi

Ulashish