Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Hayvonot dunyosini muhofaza qilish – insoniyatning burchi!


Maʼlumotlarga ko‘ra, har soatda sayyoramizdagi hayvonot va o‘simliklar turi bittaga kamayib borayotgan ekan. Darhaqiqat, bugun ona sayyoramizda tabiatni asl holida saqlash global muammoga aylangan. Bu masalani hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlar milliy qonunchiligimizda ham o‘z aksini topgan.

Joriy yil 3-noyabr kuni Urganch davlat universitetida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish – insoniyatning burchi” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirdan maqsad ham hayvonlarga doʻstona munosabatda boʻlish va ularni asrab-avaylashga qaratilgan.  Tadbirda tegishli tashkilotlar masʼullari, Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.  Seminarni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, moderatorlik qildi. 

Tadbir mehmonlari, jumladan,  Xorazm milliy tabiat bog‘i direktori O.Otajonov  “O‘zbekiston yovvoyi tabiati va uni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar”, viloyat IIB Kinologiya bo‘linmasi veterenariya bo‘limi boshlig‘i Gʻ.Radjabov  “Kinologiya sohasining vazifalari va sohada amalga oshirilayotgan ishlar”, Urganch tuman Obodonlashtirish boshqarmasi Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limi mutaxassisi Sh.Otajonov “Qarovsiz qolgan hayvonlarga nisbatan mehr-oqibatli bo‘lish”, “Biologiya” kafedrasi o‘qituvchisi K.Yo‘ldoshev “Hayvonlarni kamayib ketish sabablari va muhofaza qilish chora-tadbirlari ”“Ekologiya va HFX” kafedrasi dotsenti A.Masharipov “Hayvonlar va ularni ekologik ahamiyati” mavzularida taqdimotlar orqali soʻzga chiqdilar.  Mamlakatimizda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishga qaratilgan qonun va farmonlar haqida tushuntirishlar berildi.  Uchrashuv davomida talabalar maʼruzachilardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Tabiiy fanlar fakultetining hayvonlar ekologiyasini aks ettiruvchi tulumlari va koʼrgazmali vositalari, Pedagogika fakulteti talabalarining rassomlik ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

urdu.uz, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish – insoniyatning burchi!

urdu.uz, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish – insoniyatning burchi!

urdu.uz, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish – insoniyatning burchi!

urdu.uz, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish – insoniyatning burchi!

 

Ulashish