Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi


2022-yil  3-noyabr  sanasida Urganch davlat universiteti  Kengashining  navbatdagi  3-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengash  yigʻilishi avvalida rektor B.Abdullayev universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilariga diplomlarini topshirdi. Xususan, Bahodir Rahmonov va Sardor Xodjaniyozovlarga Fan doktori diplomlari, Shirinjon Bobojonova, Jasurbek Jamatov, Hikmatjon Matyoqubov, Neʼmatjon Roʻzmetov, Shahlo Hayitovalarga Dotsentlik diplomlari, Davronbek Yusupov, Zokirjon Sherov, Otabek Rahimov, Otabek Matchanov, Dilshod Saidov, Hasanboy Matniyozov, Sarvar Otajonov, Elbek Xoʻjaniyozov, Dilnoza Jumaniyozova, Qahramon Razzoqov, Elyor Otashev, Oʻlmasbek Abdullayevlarga PhD diplomlari topshirildi. 

Shundan so‘ng,  Kengash yig‘ilishi kun tartibidagi turli xil masalalar bilan o‘z ishini davom ettirdi. Yigʻilishda quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

▪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitidagi nutqi mazmun-mohiyati;
▪️Universitetda 2021-2022-o‘quv yili yakunlari va jamoaning yangi o‘quv yilidagi vazifalari;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonining 3-bandida belgilangan vazifalar  ijrosi yuzasidan universitet va mahalla hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar;
▪️Universitet o’quv va ilmiy laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi ahvoli;
▪️Tabiiy fanlar fakultetida “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qaror ijrosi. 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashining 3-majlisi bo‘lib o‘tdi

Ulashish