Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi


Joriy yil 5-noyabr kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan  profilaktik tadbir tashkil etildi. 

Unda Urganch shahar Favqulotda vaziyatlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, mayor S.O‘rinboyev, Profilaktika va nazorat bo‘limi inspektori, leytenant A.Rajabov, Xorazm viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari X.Rustamov, Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi oʻrinbosari U.Quryazov, shuningdek, UrDU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, yoshlar bilan ishlash boʻyicha barcha fakultetlarning dekan muovinlari hamda universitet tyutorlari ishtirok etdi. Tadbir UrDU Birinchi prorektori S.Davletov moderatorligida boʻlib oʻtdi.

Profilaktik tadbirda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari soʻzga chiqib, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, mavsumda uchrashi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish, xonadonlardagi isitish tizimlarini doimiy nazorat qilish borasida atroflicha to‘xtalib, viloyatimizda is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilayotgani haqida ko‘plab misollar keltirdilar, video lavhalar namoyish etdilar. 

Tadbirda kuz-qish mavsumida talaba-yoshlarni extiyotkorlikka chaqirish maqsadida dars jarayonlarida muntazam ogohlantirib borish, ijarada yashaydigan talabalarning xonadonlaridagi isitish moslamalarini nazoratini kuchaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida talabalarning ijara xonadonlarini ko‘zdan kechirish, xavfsizligini aniqlash maqsadida  Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari va universitet tyutorlari hamkorligida ijara uylariga borishga kelishib olindi.

Profilaktik tadbirning ikkinchi yarmida universitet tyutorlari uchun navbatdagi seminar tashkil etilib, unda UrDU Pedagogika fakulteti psixologi Feruza Ro‘zimova tomonidan seminar mashg‘uloti olib borildi.

urdu.uz, Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

urdu.uz, Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

urdu.uz, Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

urdu.uz, Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Ulashish