Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan seminar o'z ishini boshladi


AQSH elchixonasining Ingliz tili dasturlari boʻlimi, Vermont shtati “STEM4 Learning  consulting” kompaniyasi direktori, “English for STEM” fani ekspert mutaxassisi  Allan Miller, Joan Miller (trener), shuningdek, Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili o'qituvchisi  Feruza Masharipovalarning  “NEGA ( Nurturing Engagement and Growth) for all" loyihasi doirasida Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, Xorazm viloyati xalq ta'limi o'qituvchilariga 2022-yilning  22-noyabridan 24-noyabrigacha bo'lib o'tadigan seminarlar bugun o'z ishini boshladi.

Loyiha doirasidagi seminarlarda qatnashchilar chet til o'qitishning interaktiv uslublari va strategiyalarni puxta o'rganadilar. Shuningdek, qatnashchilar “STEM4 learning” loyihasi koordinatorlari Allan Miller va F.Masharipovalar tomonidan loyihaga asoslangan ta'lim, tajribaga asoslangan ta'lim, algoritmik fikrlash, ilmiy mulohazalar qilish, hamkorlikda muammolarni  hal qilish, ijodiy yondashuvlarga asoslangan metod yondashuvlaridan trening mashg'ulotlari davomida o'rganib, o'zlarini keyingi faoliyatiga tatbiq qiladilar.

urdu.uz, Ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan seminar o'z ishini boshladi

urdu.uz, Ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan seminar o'z ishini boshladi

urdu.uz, Ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan seminar o'z ishini boshladi

Ulashish