Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



22-noyabr – Psixologlar kuni


Shu munosabat bilan bugun Pedagogika fakultetining  Amaliy psixologiya va Pedagogika va psixologiya yo'nalishlari talabalari o'rtasida "Yashashning ming bir sababi" mavzusida ko'rik-tanlov o'tkazildi.

Yuqori bayramona kayfiyatda o'tkazilgan ushbu tadbirda UrDU rektori Baxrom Abdullayev o'zining bayram tabrigi bilan ishtirok etib, universitetda samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh psixologlarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini topshirdi.

Ko'rik-tanlovda talabalarning bir-biridan goʻzal kuy-qoʻshiq va raqslari, sheʼriy guldastalari namoyish etilib, bayram kechasiga yanada joʼshqinlik baxsh etdi. Talabalar tanlovning har bir shartida oʼzlarining iqtidor va salohiyatlarini toʼla namoyon etdilar.

urdu.uz, 22-noyabr – Psixologlar kuni

urdu.uz, 22-noyabr – Psixologlar kuni

urdu.uz, 22-noyabr – Psixologlar kuni

urdu.uz, 22-noyabr – Psixologlar kuni

urdu.uz, 22-noyabr – Psixologlar kuni

Ulashish