Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi


  Ayollarni e’zozlash va hurmat qilish bizning millatimizda alohida e’tirof etiladigan jihat. Bugun jamiyatda ayollar mavqeyini yuksaltirish, gender tenglikni ta’minlash borasida ustuvor vazifalar belgilanib, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

       BMT Bosh assambleyasining 1999-yil 17-dekabr kunidagi rezolyutsiyasiga ko‘ra,  25-noyabr - “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan bugun, 24-noyabr sanasida Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

     Tadbirda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy boʻlimi rahbari N.Qoʻshchanova, Viloyat IIB katta inspektori Z.Ahmedova, UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva, universitet tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

       Tadbirda soʻzga chiqqanlarning yurtimizda keyingi yillarda gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil va samarali sa’y-harakatlar,  xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlashning qonunchilik mezonlari,  ayollarga nisbatan kuch ishlatish, ayniqsa, oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etishga jiddiy ahamiyat qaratilotganligi,  xotin-qizlarning tenghuquqliligini ta'minlash, ularga nisbatan zo'ravonlikning har qanday ko'rinishlarini oldini olish, ayollarning huquq va erkinliklarini himoyalash borasidagi maʼruzalari tinglandi. 

     Tadbirning badiiy qismida Pedagogika, Iqtisodiyot, Jismoniy madaniyat, Tarix fakultetlarining iqtidorli talabalari tomonidan  “Kim aybdor?”, “Sukunat”,  “Ichkilikning salbiy oqibatlari”, “Tilim qursin” nomli sahna koʻrinishlari va  kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

urdu.uz, “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

urdu.uz, “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

urdu.uz, “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Ulashish