Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yozuvchi, shoir va dramaturg Komil Avaz tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi


Xorazm elining faxrli farzandi, serqirra ijod sohibi, asarlari, drama va komediyalari bilan respublikamizda o‘zining kitobxonlariga ega taniqli yozuvchi, shoir va dramaturg Komil Avaz agar hayot bo‘lganida bugun tabarruk 80 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.  

Komil Avaz mumtoz adabiyotdan boxabar, bilim tajribasi mukammal shoir, lirikaning turli janrlarida sermahsul ijod qilgan qalamkash hisoblanadi. Uning asarlari asosida telespektakllar, videofilmlar yaratilib, mamlakatimizning  ko‘p ming sonli tomoshabinlarining e’tiborini qozondi.  Ko‘plab she’rlari qo‘shiq tarzida kuylanib, xalq orasida ommalashdi.  

Bugun, 1-dekabr kuni  Urganch davlat universitetida shoir xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy-badiiy kechada adib ijodining ana shu jihatlariga ko‘proq e‘tibor qaratildi. 

Xotira kechasida viloyatimizning butun ijod ahli jam bo‘ldi, Komil Avazning yaqinlari, hamkasb do‘stlari, oila-a‘zolari  hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.   

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Komil Avaz haqidagi xotiralarini ulashdilar, u kishining hayotlik chog‘idagi ezgu amallarni esladilar, ijodiga murojaat qilib, asarlaridan parchalar keltirdilar.  
 
Filologiya fakulteti talabalarining shoir she‘rlari asosidagi mushoirasi barcha ishtirokchilarda iliq taassurot uyg‘otdi. 

Xotira kechasida Komil Avaz tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Suhbatlarga oshufta ko‘ngil”  nomli biografik risolaning muallifi  B.Bobojon tomonidan  ushbu kitobning taqdimoti qilindi.   

Tadbir yakunida Xorazm viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Komil Avaz ijodiga mansub asar asosidagi “Tandir” nomli pyesadan parcha namoyish etildi.

urdu.uz, Yozuvchi, shoir va dramaturg Komil Avaz tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi

urdu.uz, Yozuvchi, shoir va dramaturg Komil Avaz tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi

urdu.uz, Yozuvchi, shoir va dramaturg Komil Avaz tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi

Ulashish