Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi –mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati


Bugun, 5-dekabr kuni UrDU Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiaviy huquq oyligi” doirasida  fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi –mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida targʻibot tadbiri  tashkil etildi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari, podpolkovnik Z.Ismoilov ishtirok etib, maʼruza qildi.

   Tadbir davomida talabalar Asosiy qonunning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishib, keyingi yillarda keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqidagi bilimlarga ega bo‘ldilar.

   Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilanganligi ta’kidlandi.

   Tadbir yakunida savol-javoblar bo’ldi, talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

urdu.uz, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI –MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA JAMIYAT FAROVONLIGINING HUQUQIY KAFOLATI

urdu.uz, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI –MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA JAMIYAT FAROVONLIGINING HUQUQIY KAFOLATI

urdu.uz, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI –MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA JAMIYAT FAROVONLIGINING HUQUQIY KAFOLATI

Ulashish