Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


Joriy yil 6-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda kun tartibidan o‘rin olgan talalabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida universitet talabalar turar joylari atrofida yengil tipdagi xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish, universitet xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun avtotransport vositalarini xarid qilish, universitet rahbar va boshqa xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash miqdorlarini belgilash, universitet gazetasi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, Urganch davlat universitetining 2023-yilgi yillik daromadlar va xarajatlar parametrlari muhokamasi hamda 2023-yilgi biznes rejasini tasdiqlash, o‘rindoshlik asosida va soatbay tarzida faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilar tomonidan “Scopus”, “Web of Science”  xalqaro ilmiy nashrlar ma’lumotlar bazasida universitet nomi ostida nashr qilinadigan ilmiy maqolalar uchun moddiy rag‘batlantirib borish tizimini joriy qilish, 2023/2024 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosi muntazam ta’minlab borilishi yuzasidan rejalar belgilab olindi va bu borada mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

urdu.uz, Universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

urdu.uz, Universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

urdu.uz, Universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

urdu.uz, Universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Ulashish