Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati


Konstitutsiyamiz mamlakatimiz huquqiy tizimining negizi, shuningdek, davlatimiz Asosiy qonuni sifatida barcha sohalarning bosh manbayi sanaladi. Chunki unda xalqning oliy irodasi o‘zining qonuniy ifodasini topgan. 

   Bugun butun respublikamiz qatori Urganch davlat universitetida ham Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi keng nishonlandi. 

   Universitet Madaniyat saroyida oʻtkazilgan “Bosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman ana shunday tadbirlardan biridir. 

   Unda universitet rahbariyati, Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari, hamkor tashkilotlardan mutaxassislar ishtirok etdilar.

   Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish so`zi bilan ochib berib, bayram tabrigini yoʻlladi. Shundan soʻng  davlatimiz madhiyasi joʻr ovozda ijro etildi. 

   Ilmiy-amaliy anjumanda UrDU Birinchi prorektori S.DavletovBosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati”, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi M.QazaqovSud-huquq islohotlari – inson huquqlari va manfaatlari uchun”, Urganch tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi J.AtadjanovKonstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni. Milliy va xorijiy tajriba”, Fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudi raisi  Sh.IsmoilovKonstitutsiyada sud hokimiyati” kabi mavzularda maʼruza qildilar. Shuningdek, tadbirda universitet huquqshunos olim va mutaxassislarining maʼruzalari tinglandi.

  Tadbir yakunida "Konstitutsiya — erkin va farovon hayotimiz garovi" mavzusidagi insholar tanlovining universitet bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi.

urdu.uz, Bosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati

urdu.uz, Bosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati

urdu.uz, Bosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati

urdu.uz, Bosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati

urdu.uz, Bosh qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati

Ulashish