Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Qomusimizning 30 yilligi barchamizga muborak bo'lsin!


QOMUSIMIZNING 30 YILLIGI BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN! 

Barcha yurtdoshlarimizni, Urganch davlat universitetining ko'p ming sonli jamoasini, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklayman. 

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolatidir. Jamiyatimizda ro'y berayotgan o'zgarishlar, islohotlar inson qadri uchun, kelajak avlodlarimizning istiqboli uchun ezgulik va sharafli maqsadlar sari tashlanayotgan qadamlarimizda Qomusimiz ham kuch, ham ishonch, ham qudratimiz bo'lib xizmat qiladi.  

Qadrli yurtdoshlar! O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi barchangizga muborak bo'lsin. Yurtimiz ravnaqi yo'lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman! 

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligiga ko'z tegmasin. Barchangizni oilangizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik va kasbiy barkamollik yor bo'lsin! 

Baxrom Abdullayev Urganch davlat universiteti rektori, f-m.f.d.

Ulashish