Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Bugun, 9-dekabr kuni  bilan Urganch davlat universitetida  “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan  “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

   Tadbirda Jinoyat ishlari bo'yicha Xorazm viloyati sudi sudyalari M.Mahmudov hamda Sh.Razzoqov, UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Bosh yuriskonsult Sh.Atayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshligʻi X.Shixova va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

   Davra suhbatida talaba-yoshlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, barcha sohalarda korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash asosiy ustuvor yo‘nalishlari borasida bilimlarga ega boʻldilar. 

  Maʼruzalardan soʻng, sana munosabati bilan o'tkazilgan tanlovlar va sport musobaqalari g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandilar.

urdu.uz, “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Ulashish