Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


2022-yil 14-may sanasida Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda kun tartibidan o'rin olgan Urganch davlat universitetining “Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olishiga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturi”ni tasdiqlash, Urganch davlat universitetining “Rahbar xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI)”ni tasdiqlash, Urganch davlat universitetining “Professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustama haq belgilash, mukofotlash, moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ni tasdiqlash, Urganch davlat universitetining rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash, 2022/2023 o‘quv yilidan universitet tashkiliy tuzilmasiga qo‘shimcha yangi lavozim, tarkibiy bo‘linmalar va shtat birliklarini joriy etish hamda optimallashtirish, universitetda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash hamda talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish, universitetning o‘quv-ilmiy jarayonlariga jalb etiladigan xorijiy professor o‘qituvchilar va yuqori malakali mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini belgilash, moddiy texnik bazani mustahkamlash va qurilish ishlarining borishi va yangi rejalar to‘g‘risida moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor hisoboti kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosi muntazam ta’minlab borilishi yuzasidan rejalar belgilab olindi va bu borada mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Ulashish