Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Taniqli sanʼatkor Ozod Sobirovning “Qutilmodim…” nomli sheʼriy kitobi taqdimoti munosabati bilan ijodiy kecha boʻlib oʻtdi

Bugun ushbu taqdimot kechasi Urganch davlat universitetida oʻtkazildi. Unda Ozod Sobirovning zamondosh doʻstlari, Respublikaning taniqli olimlari, yaqin hamkasblari, shogirdlari, Urganch davlat universiteti jamoasi ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov oʻzining ezgu tilaklari bilan ochib berdi.

Xorazm elining taniqli sanʼatkori, shoir, samimiy va kamtarin inson, iste’dodli murabbiy Ozod Sobirovni qutlab soʻzga chiqqanlar, ustozning ijod namunalaridan koʻplab misollar keltirdilar, qalami oʻtkir shoir ham xalq xofizi ekanligini,  insoniy fazilatlarini eʼtirof etdilar.

Jumladan, O‘zMU professori, f-m.f.d. G.Xudayberganov, UrDU Filologiya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, f.f.d. S.Sariyev, Pedagogika fakulteti “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri, PhD B.Rahimov, shu kafedra o‘qituvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist B.Omonboyev, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi A.Otaboyevlar soʻzga chiqib, oʻzlarining iliq fikrlarini bildirdilar, ustoz Ozod Sobirov ijod uslubini taniqli turkman shoiri, mutafakkir  Maxtumquli ijodiga qiyos etdilar.

Ijodiy kecha yakunida Ozod Sobirov oʼz ijodidan oʼrin olgan eng sara qoʼshiqlarini ijro etib, tadbir qatnashchilarini dilini xushnud etdi. 

urdu.uz, Taniqli sanʼatkor Ozod Sobirovning “Qutilmodim…” nomli sheʼriy kitobi taqdimoti munosabati bilan ijodiy kecha boʻlib oʻtdi

Ulashish