Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetining 2022-2023 o'quv yili stipendiatlari bilan tanishing


urdu.uz, Urganch davlat universitetining 2022-2023 o'quv yili stipendiatlari bilan tanishing

Urganch davlat universiteti Magistratura bo'limi Matematika (Differensial tenglamalar) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Fayzullayev  Bexzod Shuxrat o'g'li  “Amaliy matematika va matematik-fizika” kafedrasi mudiri dotsent, f-m.f.d. B.Bobojonov rahbarligida "Kasr tartibli hosila qatnashgan Shtrum-Liuvill tenglamasi uchun izlar formulasi" mavzusida ilmiy-taqdiqot ishlarini olib borib , Oliy va o'rta maxsus maxsus ta'lim vazirining buyrugʻi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.                                                                                              Maʼlumot oʻrnida, Bexzod Fayzullayev  2022-yil Akademik A.T.Sarimsoqov nomli stipendiya sohibi bo'lgan edi.             

Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Turizm ta'lim yo‘nalishining 4-bosqich talabasi Yusupova Indira Rustamovna Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyar Ruzmetov rahbarligida  "Mintaqada turistik-rekreatsion klasterlar tuzilishi va modellari" mavzusida tadqiqot olib borib, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining  buyrug‘i bilan  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat  stipendiyasi g‘olibasi bo‘ldi.   

Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi  Egamberganov Jahongir Jabbargan o'g'li  Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tangribergan Do'schanov rahbarligida "Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  investitsiyalarning  ahamiyati" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'i bilan Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.                                                                                            

Urganch davlat universiteti Magistratura bo'limi Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Rajabov Otamurot Rajab o'g'li “Fizika” kafedrasi dotsenti, fizika va matematika fanlari nomzodi Muzaffar Qurbanov  rahbarligida "Kremniy sirtining past haroratli ion tozalashini elektron spektroskopiya yordamida nazorat qilish” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib borib,  Akademik  Muxtor Saidov nomidagi stipendiya g'olibi  bo'ldi.       

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti  Pedagogika va psixologiya  ta'lim yo'nalishining 4-bosqich talabasi Abdullayev Feruzbek Maqsudovich  “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o'qituvchisi Matmuratov Azizbek Abdikarimovich rahbarligida "Xulqi og'ishgan bolalar bilan ishlashning psixologik xususiyati" mavzusida ilmiy-taqdiqot olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.         

Urganch davlat universiteti  Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Matrizayeva Bonu Saburjon qizi “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xujaniyozova Oygul Rajapovna rahbarligida   "Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila hamkorligida barkamol avlodni tarbiyalash” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining  buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi.           

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili ta'lim yo'nalishining 4-bosqich talabasi Jumaniyozova Shahlo Zoxid qizi "Tarjima nazariyasi" kafedrasi o'qituvchisi  PhD Saparboyeva Gulandom Masharipovna rahbarligida  "Ingliz tilidagi sinonimik qatordan matbuot matni uchun so'z tanlovi" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan  "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi. 

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Qo'ziyeva Shahrizoda G'ayrat qizi “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nasiba Azatbayevna Jumaniyozova rahbarligida "Shukur Xolmirzayev nasridagi obrazlar tahlili" mavzusida ilmiy-tadqiqot  ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi. 

Urganch davlat universiteti  Tarix fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslar va huquqi ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Madrimov Ixtiyor Baxtiyor o'g'li Tarix fanlari doktori, professor Davletov Sanjarbek Rajabovich rahbarligida “Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi va tarixiy tajribasi (Xorazm viloyati misolida)” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan  "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.             

  Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Madiyorov Shixnazar Quvondiq o'g'li “O'zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Ro'zimboyev Sarvar Saparbayevich rahbarligida «“Oshiqnoma” turkum dostonlari lingvopoetikasi» mavzusida ilmiy-tadqiqot olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.         

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishining 4-bosqich talabasi Asatjanova Iroda Maqsudbek qizi Filologiya fakulteti dekani f.f.d. Dilshod G‘ayipov rahbarligida ''Oydin Hojiyevaning badiiy mahorati'' mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi.           

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti  Filologiya va tillarni o'qitish; Fransuz tili ta'lim yo'nalishining 4-bosqich talabasi Xudoyberganova Gulasal Faxriddin qizi “Roman-german filologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi Xudayberganova Nazokat Raximovna rahbarligida "Fransuz va o’zbek tillarida giperbola va litota tasviriy vositalarining lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy-tadqiqotlar olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining  buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi.   

 Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi Jabbarov Nurbek Atanazarovich “Turizm va mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi mudiri, PhD, Ollanazarov Bekmurod Davlatmurotovich rahbarligida "Yoshlar turizmini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.   

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi Saparboyeva Lolaxon Sarvarovna “Ingliz tili va adabiyoti”  kafedrasi mudiri f.f.n. dotsent  Jamila Ermetova rahbarligida  "The difference between traditional and foreign fairies" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi.

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi Erkinova Navbahor Saparboy qizi Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Tilavova Minavar Durdiyevna rahbarligida “Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish darslarini zamonaviy ta’lim vositalari asosida tashkil etish metodikasi” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi.   

Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Xamrayev Og'abek Oybek o'g'li  “Fakultetlararo umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri, fizika va matematika fanlari doktori, professor Davletov Ikram Yusubovich rahbarligida "Past kuchlanishli reaktiv quvvatni avtomatik kompensatsiyalash  qurilmasi" mavzusida ilmiy-taqdiqot olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Beruniy" nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.

Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiya fakulteti Kimyoviy texnologiya ta'lim yo'nalishining 4-bosqich talabasi Matchonov Shohzodbek Sherzod o'g'li “Yengil sanoat texnalogiyalari va jihozlari” karedrasi  texnika fanlari doktori, professor Babayev Zabibulla Komilovich rahbarligida  "Janubiy Orol bo'yi mineral xom ashyolari asosida qurilish pigmentlari va keromagranit olish texnologiyasi" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus  vazirining buyrug'i bilan "Beruniy" nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.

Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Arxitektura ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Raximov Elbek Raximovich Arxitektura fanlari nomzodi, dotsent Maqsud Setmamotov rahbarligida "Mahalliylashtirilgan innovatsion silikat devorli bino va inshootlarni loyihalash" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Beruniy" nomli davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.  

Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta'lim yo'nalishining 4-bosqich talabasi Isayeva Zaxro Baxrom qizi “Biologiya” kafedrasi dotsenti, b.f.n Allaberganova Zebo Bekmamatovna rahbarligida "Xorazm tuproq iqlim sharoitida qadimiy bug‘doy nav namunalarini noqulay omillarga chidamliligini o‘rganish" mavzusida ilmiy - tadqiqot olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Ulug'bek” nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi. 

Urganch davlat universiteti  Fizika-matematika fakulteti Fizika ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi Bobojonova Sarvinoz Bozor qizi Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi mudiri f.-m.f.d. professor Kutliyev Uchqun Otoboyevich rahbarligida   “Nuqsonli InP(001) va InGaP(001) yupqa qatlamlar sirtini kichik burchak ostida bombardimon qilayotgan Ne+, Ar+, Xe+ ionlarini sochilish jarayonini modellashtirish ” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan "Ulug'bek" nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi.     

Ulashish