Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti rektori Xorijiy filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi


Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning navbatdagi uchrashuvi Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi bilan bo'lib o'tdi.  Uchrashuvda oʻtgan 2022-yil fakultet misolida sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun rejalar belgilab olindi. Xususan, fakultet ilmiy salohiyati, eski yilda qilingan himoyalar soni tahlil qilindi, kafedra aʼzolari tomonidan nashr etilgan ilmiy ishlar muhokama etilib, ilmiy salohiyatni oshirish masalasi kun tartibiga qo'yildi. Fakultet uchun tayanch doktorantura qabuli kvotasining oshirilganligi va ushbu yo'nalishda yana ham imkoniyatlar yaratilishi aytib o'tildi. Shuningdek, fakultetning 80% professor-o'qituvchilari xalqaro va milliy C1 certifikatiga ega ekanliklari, joriy yilning 1-choragida mazkur ko'rsatkichni 100% ga chiqarish lozimligi alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasiga to'xtalib, taʼlimni yanada sifatli tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

 Maʼlumot oʼrnida: Hozirda Xorijiy filologiya fakultetida mavjud 4 ta kafedrada asosiy shtatda 150 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritishadi. Ilmiy salohiyat - 10 % ni tashkil qiladi. So'nggi 2 yilda 9 nafar falsafa doktori ilmiy darajasini uchun himoyalar qilindi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori Xorijiy filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori Xorijiy filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori Xorijiy filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi

Ulashish