Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” nomli bayram tadbiri tashkil etildi


Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida 53008- sonli harbiy qism bilan hamkorlikda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” oldidan Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlari, harbiy qism ofitserlari va harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.

Tadbir UrDU birinchi prorektori S.Davletovning ilk tabrik nutqi bilan boshlandi. Vatan himoyasiga kirgan o'g'lonlarimizning jasorati, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to'xtalib, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida doimiy hamkorlik qilib kelayotgan harbiy qism jamoasiga alohida minnatdorlik bildirdi va universitet rektorining Tashakkurnomasi hamda buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixiga bagʻishlab yozilgan “Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda” nomli tarixiy kitobni taqdim qildi.

Shundan soʻng, mayor H.Sobirov, kapitan O.Oʻrazaliyev, harbiy qismning oilalari bilan ishlash boʻyicha masʼul M.Mirzayeva, UrDU faxriy professori S.Masharipovalarning tabrik soʻzlar tinglandi.

Bayram tadbiri davomida rang-barang chiqishlar, turli koʻngilochar oʻyinlar, sahna koʻrinishlari namoyish etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. Xususan, UrDU amaliyotchi psixologi M.Avezova psixologik trening olib bordi. Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari “Qirmizi olma” sahna koʻrinishi bilan, Xorijiy filologiya, Pedagogika fakulteti sheʼriy-musiqiy chiqishlari, rassomlari hamda harbiylar va talabalar oʼrtasidagi “Zakovat” intellektual bellashuvlari bilan,  Jismoniy madaniyat fakulteti oʻzining QVZ jamoasi bilan alohida jonbozlik koʻrsatishdi.  Yoshlar ittifoqi universitet boshlangʻich tashkiloti qoshidagi “Yigitlar klubi” aʼzolarining ham ilk chiqishlari ham namoyish etildi.  Har bir chiqishlarda ona Vatan, mardlik va jasorat haqida kuylandi. 

Bayramona tadbir sport musobaqalariga ulanib ketdi. Jismoniy madaniyat fakulteti sport zallarida sportning Shahmat, Shashka, Stol tennis va Arqon tortish kabi 4 ta turi boʻyicha harbiylar va talabalar oʻrtasida musobaqa oʻtkazilib, gʻoliblar Diplom va kitoblar jamlanmasi bilan munosib taqdirlandi.

Yakunda esa UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva hamda Tyutorlar kengashi raisi R.Matchanov harbiy qism jamoasiga faolligi va hamkorligi uchun minnatdorchilik bildirishdi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” nomli bayram tadbiri tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” nomli bayram tadbiri tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” nomli bayram tadbiri tashkil etildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch” nomli bayram tadbiri tashkil etildi

 

Ulashish