Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangi hamkorimiz: Urganch innovatsion universiteti


Bugun, 23-yanvar kuni Urganch innovatsion universiteti nodavlat ta’lim muassasasi rektori M.Ishmurodov ikki universitet oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Urganch davlat universitetida boʻldi. Tashrif doirasida UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashib, ikki tomon uchun ham manfaatli hamkorlik shartnomasini imzoladilar. 

Ushbu kelishuv ilmiy hamkorlik, o‘quv-me'yoriy hujjatlar va o‘quv-ilmiy adabiyotlar boʻyicha hamkorlik, professor-oʻqituvchilar almashinuvi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishni koʻzda tutadi.

Maʼlumot oʻrnida, Urganch innovatsion universiteti 2022-yil noyabr oyidan eʼtiboran faoliyat yurita boshladi. Hozirda Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha), Boshlangʻich taʼlim va Tarix yoʻnalishlari mavjud.

urdu.uz, Yangi hamkorimiz: Urganch innovatsion universiteti

urdu.uz, Yangi hamkorimiz: Urganch innovatsion universiteti

urdu.uz, Yangi hamkorimiz: Urganch innovatsion universiteti

Ulashish