Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Maktab va oliy ta'lim hamkorligi


Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti bilan hamkorligi doirasida mazkur maktabda Filologiya fakulteti  professor-o'qituvchilari tomonidan muntazam ravishda mahorat darslari olib borilmoqda.

Xususan, 17-fevral kuni Filologiya fakulteti  “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti I.Ismoilov "Ogahiy ijodining Xorazm adabiy muhitida tutgan oʻrni" mavzusida mahorat darsi tashkil qildi. 

Darsda Ogahiy fasohatli shoir, mohir tarjimon, davlat arbobi va zukko tarixchi olim ekanligi hamda shoir ijodida aruz vaznining mohirona qoʻllanilishi haqidagi ma'lumotlarga alohida to'xtalib o'tildi. Mahorat darsi  noan'anaviy tarzda yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.

urdu.uz, Maktab va oliy ta'lim hamkorligi

urdu.uz, Maktab va oliy ta'lim hamkorligi

urdu.uz, Maktab va oliy ta'lim hamkorligi

Ulashish