Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi izchil davom etmoqda


Ma’lumki, keyingi yillarda  maktab, mahalla va oliy ta’lim muassasasi hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yildi.  Yoshlarga chuqur ta’lim berish, ilmiy iqtidorlarini kamol toptirish orqali  saviyasini, dunyoqarashini yuksaltirish, kelajakda yaxshi kasb egalari boʻlishlari uchun sharoitlar yaratishga ham katta e’tibor qaratilgan. Bu borada maktablarga  oliy taʼlim muassasalari yelkadosh boʻlmoqda.

Bugungi kunda Urganch davlat universitetiga viloyatimizdagi 10 ta mahalla biriktirilgan boʻlib, universitetning barcha fakultetlari belgilangan mahallalardagi yoshlarning, maktab о‘quvchilarining  bо‘sh vaqtlarini unumli oʻtkazishlari uchun yaqindan koʻmaklashmoqdalar. Jumladan, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli fan toʻgaraklari tashkil qilgan boʻlib, universitet professor-oʻqituvchilari muntazam ravishda ushbu toʻgaraklarda dars mashgʻulotlarini olib bormoqdalar. Shuningdek, turli sport musobaqalari va “Zakovat” oʻyinlari ham oʻz atrofiga qiziquvchan yoshlarni jamlab kelmoqda. 

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi izchil davom etmoqda

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi izchil davom etmoqda

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi izchil davom etmoqda

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi izchil davom etmoqda

Ulashish