Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Yangi nafas" yugurish marafoni bo'lib o'tdi


Respublikamizning 15 ta shahrida bir vaqtning o'zida bo'lib o'tayotgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi start oldi.

Marafonda Urganch davlat universitetining minglab talaba yoshlari tyutorlar va o'qituvchilari hamrohligida  “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz!” shiori ostida faol qatnashdilar.

«1 ta vatanda 1 ta vaqtda, 1 ta masofaga, 1 ta maqsadda – birga yuguramiz» shiori ostidagi mazkur o‘ziga xos aksiyada Urganch davlat universitetining minglab talabalari, professor-o'qituvchilari hamda tyutorlari universitet rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar qariyb 3000 metr masofani bosib oʻtishdi. Marafon gʻoliblari Xorazm viloyati hokimi v.b. J.Rahimov tomonidan munosib taqdirlandi. G'oliblar orasida universitetimiz talaba-yoshlari ham borligi jamoamizni bag'oyatda xursand qildi.

Shu o'rinda, ushbu nufuzli respublika marafonida sidqidildan ishtirok etib, universitetimizga yana bir bora faxr-iftixor bag'ishlayotgan ko'p ming sonli shijoatli, vatanparvar talabalarimizga, fidoyi professor-o'qituvchilarimizga faolliklari uchun tashakkur bildiramiz.

urdu.uz, "Yangi nafas" yugurish marafoni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "Yangi nafas" yugurish marafoni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "Yangi nafas" yugurish marafoni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "Yangi nafas" yugurish marafoni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "Yangi nafas" yugurish marafoni bo'lib o'tdi

 

Ulashish