Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Referendum va yoshlar” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi


Bugun, 15-mart kuni Urganch davlat universitetida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda Xorazm viloyati targʻibot guruhi aʼzolari, jumladan, Urganch shahar Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bosh mutaxassisi Z.Hayitboyeva, O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktor oʻrinbosari O.Saparboyev, UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov hamda universitet talaba-yoshlari ishtirok etdilar. 

Tadbirda targʻibot guruhi aʼzolari tomonidan referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda yoshlarga, ayniqsa, taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida  atroflicha tushuntirishlar berildi. 

Endilikda ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ladi. Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta’lim sohasiga oid ko‘plab modda va normalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda. Jumladan, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish huquqi qat’iy belgilab qo‘yildi. 

Tadbirda talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.

urdu.uz, “Referendum va yoshlar” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

urdu.uz, “Referendum va yoshlar” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

urdu.uz, “Referendum va yoshlar” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

urdu.uz, “Referendum va yoshlar” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Ulashish