Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



1-avgust


Bugun, 1-avgust sanasidan yurtimizdagi barcha abituriyentlar uchun uzoq kutilgan hayajonli kunlar boshlandi. Yangi o'quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari start oldi. Ilmga chanqoq yoshlarimiz talaba boʻlish istagida belgilangan, test oʻtkaziladigan hududlarga oshiqa boshladi. Farzandiga ruhiy dalda boʻlish niyatida birga kelgan ota-onalarning hayajon va havotiri esa bir olam. 

Shu boisdan ota-onalar va abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Urganch davlat universiteti jamoasidan iborat "Volontyorlar guruhi" shakllantirildi. Mazkur guruh ota-onalar bilan suhbatlar olib boradi, sotsiologik so'rovnomalar o'tkazadi, madaniy tadbirlar tashkil etadi, ona-onalar uchun kutish joylarida zaruriy sharoitlarni tashkil etishga ko'maklashadi.

Ayni paytda jarayon qizgʻin. Universitet tomonidan ota-onalarini salqin joylarda o‘tirib, farzandini ekran orqali testda ishtirok etayotganligini ko‘rishlari uchun  barcha qulaylar sharoit yaratilgan. 

Ayniqsa, psixologlar tomonidan olib borilayotgan qiziqarli treninglar, psixologik xizmatlar ota-onalarga koʻtarinki kayfiyat ulashmoqda.

urdu.uz, 1-avgust

urdu.uz, 1-avgust

urdu.uz, 1-avgust

urdu.uz, 1-avgust

Ulashish