Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Urganch davlat universitetining yangi oʻquv binosi bilan tanishdi

Urganch davlat universitetida talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilda 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli “Smart” o‘quv binosi qurilib, hozirda jihozlash ishlari ketmoqda.  Bino zamonaviy arxitektura shaharsozlik talablari asosida boʻlib, ayni kunlarda auditoriyalar eng so‘nggi, zamonaviy texnikalar bilan jihozlanmoqda. Ushbu o‘quv binosida 51 ta o‘quv auditoriya, fizika va biologiya yo‘nalishlariga moslashtirilgan 12 ta zamonaviy o‘quv-laboratoriya, 8 ta 100 o‘rinli ma’ruza zallari, 7 ta kompyuter xonasi va boshqa zaruriy xonalar mavjud. 

Bugun, 3-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻlib, ushbu yangi oʻquv binosi bilan yaqindan tanishdi. Vazirga universitet rektori Baxrom Abdullayev qurilish, obodonlashtirish, xonalarni jihozlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Vazir I.Abdurahmonov bino bilan yaqindan tanisharkan, foydalanishga topshirilish muddatiga qiziqdi. Oʻquv xonalari, maʼruza zallari, oʻquv-laboratoriyalar, talabalarning dam olish joylari, oshxona, kompyuter xonalari, akademiklar uchun ajratilgan xonalarni koʻzdan kechirib, jihozlanish bilan bogʻliq oʻziga hos tavsiyalarni berdi.

Jumladan, bino atroflarida voha iqlimiga mos daraxt va gullar, gujum, qizil teraklarni koʻpaytirish, maʼruza zallariga Xorazmning ulugʻ allomalari, xorazmlik akademiklar va universitet professorlarining nomlarini berish, binoning katta fayesida “Renessans xol” tashkil etib, u yerni turli kitoblar bilan boyitish singari talabalarga har tomonlama bilim va tarbiya beruvchi qiyofani gavdalantiradigan koʻplab tavsiyalar berdi.  

Shuningdek, vazir I.Abdurahmonov fizika laboratoriyasida ham boʻlib, u yerda quyosh panellarini oʻrnatishda zarur boʻlgan qismlar ustida ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoshlar olimlar, doktorantlar bilan suhbatda boʻldi. Xorijdan keltirilgan yangi avlod quyosh panellarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan Ultrasonic uskunasidan foydalanish tartibi bilan qiziqdi. Ilmni ishlab chiqarishga integratsiya qilish borasida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. 

urdu.uz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Urganch davlat universitetining yangi oʻquv binosi bilan tanishdi

Ulashish