Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Anʼanaviy "Qovun sayli" respublika festivali yakunlandi


Kecha, 13-avgust kuni hamyurtlarimiz va xorijlik mehmonlar uchun yuqori saviyada tashkil etilgan anʼanaviy Respublika “Qovun sayli” festivalining yopilishiga bag'ishlangan tantanali taqdirlash marosimi va konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Yopilish marosimida asosiy g‘oliblar, jumladan, Gran pri Xiva shahri (Jentra avtomobili),  1-o‘rin Qo‘shko‘pir tumani (Nexia-3 avtomobili),  2-o‘rin Toshkent viloyati (Spark avtomobili) hamda 3-o‘rin Yangibozor tumani (Damas avtomobili) bilan taqdirlanishdi. 

Shuningdek, 6 ta nominatsiya bo‘yicha  bir qator tuman va shaharlar, tashkilot va muassasalar, fermer xo‘jaliklari munosib taqdirlandi. 

Ikki kunlik festival mobaynida o'zining innovatsion ko'rgazmasi bilan faol ishtirok etgan Urganch davlat universiteti "Qovunchilikda innovatsion texnologiyalar joriy qilinganligi uchun" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'ringa munosib deb topilib, diplom va mototsiklni qoʻlga kiritdi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimidan so‘ng, barcha mehmonlar hamda  tashrif buyuruvchilarga sahnalashtirilgan chiqishlar va ozarbayjonlik sanʼatkorlar hamda o‘zbek estradasining yulduzlari tomonidan gala-konsert dasturi namoyish etildi.

urdu.uz, Anʼanaviy "Qovun sayli" respublika festivali yakunlandi

urdu.uz, Anʼanaviy "Qovun sayli" respublika festivali yakunlandi

urdu.uz, Anʼanaviy "Qovun sayli" respublika festivali yakunlandi

urdu.uz, Anʼanaviy "Qovun sayli" respublika festivali yakunlandi

urdu.uz, Anʼanaviy "Qovun sayli" respublika festivali yakunlandi

Ulashish