Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universitetida yangi oʻquv yiliga bagʻishlangan tadbir hamda yangi oʻquv binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun barcha taʼlim muassasalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”  shiori ostida yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu yil ushbu tadbir Urganch davlat universitetida oʻzgacha shukuh bilan nishonlanmoqda. Boisi, qariyb bir yil mobaynida qurib bitkazilgan 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli smart o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi universitet jamoasi uchun bayram katta tuhfa boʻldi.

Tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov, respublikamizning bir guruh taniqli akademiklari, universitet professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. 

Davlatimiz Madhiyasi jaranggi bilan boshlangan tadbirni universitet rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, mustaqilligimizning 32 yilligi va yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan barchani qizgʻin tabrikladi, talabalarni oʼqishlariga rivoj tiladi. Tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi. 

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov tabrik soʼziga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa, taʼlimga va yoshlarga eʼtibor, viloyatimizda taʼlim sohasidagi oʻzgarishlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida toʻxtaldi.  Mazkur yangi oʻquv binosi bilan butun universitet jamoasini, talaba-yoshlarni samimiy tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizning ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan olimlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, akademik Sh.Ayupov, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari bo'yicha vitse-prezidenti, akademik B.Ibragimov va atoqli matematik olim, akademik A.Saʼdullayevlar soʻzga chiqib, bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada yaxshilash, talabalar uchun zarur sharoit yaratish, ilgʻor oʻqitish usullarini oʻquv jarayoniga joriy qilish, buning pirovardida malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga doir amaliy saʼy-harakatlar oʻz samarasini berayotganini taʼkidladilar.

Shundan soʻng, lenta qirqish marosimiga navbat berildi. 

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, ushbu yangi oʻquv binosi zamonaviy arxitektura shaharsozlik talablari asosida qad koʻtardi. Unda 51 ta o‘quv-auditoriya, fizika va biologiya yo‘nalishlariga moslashtirilgan 12 ta zamonaviy o‘quv-laboratoriya, 8 ta 100 o‘rinli ma’ruza zallari, kompyuter xonalari mavjud. O‘quv binosini qurish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 46 mlrd. so‘m mablagʻ ajratildi. 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida yangi oʻquv yiliga bagʻishlangan tadbir hamda yangi oʻquv binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Ulashish