Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi


Bugun Urganch davlat universitetida buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda  O‘zRFA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, "Beruniy avlodlari" jamoat fondi huzuridagi Beruniyshunoslik ilmiy markazi direktori, prof. B.Karimov,  O‘zRFA Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi beruniyshunos B.Abdullayev, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi, beruniyshunos F.Ibragimov hamda “Urganch universiteti” gazetasi muharriri, Rus tili va adabiyot kafedrasi oʻqituvchisi M.Quronboyevalar mehmon boʻlishdi. Tadbirni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.  

Tadbirda soʻzga chiqqanlar buyuk mutafakkirning adabiy merosi, uning ilmiy-badiiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari, yangi topilgan qoʻlyozmalari haqida talaba-yoshlarga maʼlumotlar berdilar.

Ulashish