Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



1-dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan sport musobaqalari oʼtkazildi


Bugun, 30-noyabr kuni Urganch davlat universiteti yopiq sport maydonlarida “Sogʻlom hayot sari birgalikda” shiori ostida sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol tennis turlari boʻyicha universitet talabalari oʻrtasida musobaqalar oʼtkazildi. 

Musobaqalar avvalida ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, Sport klub rais oʻrinbosari M.Rahimov, Viloyat OITS markazi shifokorlari soʻzga chiqib, “Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” doirasidagi profilaktik jarayonlar haqida toʻxtaldilar, talabalarga OITS, OIV infeksiyasi bilan bogʼliq maʼlumotlarni berib, doim sogʼlom turmush tarzi mezonlariga amal qilib yashash, bunda sportning ahamiyati borasida tavsiyalar berdilar. 

Shundan soʼng, musobaqa jarayonlari start oldi.

Ulashish