Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Konstitutsiya – demokratik jamiyat qurishning huquqiy poydevori


Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan “Konstitutsiya – demokratik jamiyat qurishning huquqiy poydevori” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi. Anjuman fakultet dekani, i.f.d, prof.I.Abdullayev moderatorligida boʻlib, unda Xorazm viloyati Sudi sudyasi I.Usmonov, UrDU “Huquq” kafedrasi mudiri, dots.U.Hajiyev, mazkur kafedra oʻqituvchisi J.Rahmonov, tyutorlar va fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
 
Anjumada “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari”, “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – taʼlim sohasidagi islohotlarning huquqiy asosi”, “Konstitutsiya – huquqiy davlat, demokratik islohotlar negizi”, “Konstitutsiya tarixi” mavzularida maʼruzalar tinglandi.
Anjuman yakunida talabalarning badiiy chiqishlari namoyish etildi. 

Ulashish