Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori yangi bino bilan tanishdi


Bugun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamrohligida universitetning 7 qavatli yangi oʻquv binosida boʻlib, u yerdagi talaba-yoshlarni zamonaviy shart-sharoitlar asosida sifatli ta′lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Ayniqsa, binoda joylashgan Akademik mobillikni muvofiqlash va talabalar bilan ishlash boʻlimi hamda “Fizika” kafedrasiga qarashli oʻquv laboratoriyalarning faoliyatiga qiziqdi. Rektorlar dars jarayonlarida ham bo′lib, talabalar bilan muloqot qilishdi.

Shuningdek, KRASS Agromaslahat markaziga ham borib, Kimyo, Biologiya, Tuproqshunoslik va agronomiya laboratoriyalari hamda “Yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari va lazer fizikasi” ilmiy o‘quv markazi  faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. 

Ulashish