Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Harbiy sport o’yinlari


Bugun, 18-yanvar kuni Urganch davlat universitetida “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan “Harbiy sport o’yinlari” bo'yicha musobaqa tashkil etildi. 

Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibodullayev va Sport klub raisi o'rinbosari M.Rahimov musobaqani ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi. Musobaqalarda barcha fakultetlardan talaba-yoshlar sportning tosh ko’tarish, turnikda tortinish, armrestling kabi turlari bo’yicha o’zara kuch sinashdi. Musobaqadan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sog’lom turmush tarziga rioya qilishdan iborat bo’ldi.

Musobaqa talaba – yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. G’olib bo’lgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Ulashish