Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU maʼmuriyati va Kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida konferensiya boʻlib oʻtdi


2024-yilning 30-yanvar kuni UrDU maʼmuriyati va Kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2023-2025-yillarga moʻljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2023-yilda bajarilishi va 2024-yillarga jamoa shartnomasini tasdiqlashga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.  

Unda fakultet va boʻlimlardan 224 nafar delegatlar ishtirok etdi. Konferensiyani UrDU O'quv ishlari boʻyicha prorektori S.Xodjaniyazov olib bordi.  Anjumanda universitet rektori B.I.Abdullayev va Kasaba uyushma qoʻmitasi  Q.Xamrayevning  “UrDU ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi  o‘rtasidagi Jamoa shartnomasining 2023-yildagi bajarilish ahvoli” mavzusidagi hisoboti tinglandi. 

Shundan soʻng,  “UrDU ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi  o‘rtasida xodimlar va talabalarning mehnatini muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash ishlari bo‘yicha 2023-yil uchun tuzilgan kelishuv bandlarinig bajarilishi va 2024-yil uchun kelishuvni tasdiqlash”, “Jamoa shartnomasi bandlarining 2023-yildagi bajarilish yakunlari yuzasidan maxsus komissiya  Akt-dalolatnomasini  tasdiqlash” masalalari muhokama qilinib, bu borada delegatlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. 

Yigʻilish natijalariga koʻra, 2022-yilda kasaba uyushma aʼzolari va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida universitet ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa sharnomasiga 2024-yilda kiritiladigan qo'shimcha va o'zgartirishlar tasdiqlandi.

Ulashish