Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"GIYOHVANDLIK-KELAJAK KUSHANDASI" MAVZUSIDA TADBIR BO'LIB O'TDI


Joriy yil 6-fevral sanasida Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" oyligi doirasida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda bir guruh soha xodimlari, jumladan,  Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig'i o'rinbosari A.Matlatipov, IIV TQD JQX o'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakil A.Raximov, Xorazm viloyati Ichki ishlar IIB  jinoyat qidiruv boshlig'i o'rinbosari Sh.Ismoilov, IIB ma'naviy-ma'rifiy ishlar  va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig'i o'rinbosari Sh.Ibragimov hamda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, universitet profilaktika inspektorlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
 
Tadbirda giyohvandlikning paydo bo'lishi sabablari, uning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Ushbu illatga qarshi  kurashish choralari hamda psixotrop moddalar, kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini iste'mol qilishning zararli oqibatlari haqida aytib o'tildi va hayotiy misollar keltirildi. Talaba-yoshlar o'zlari uchun kerakli bo'lgan ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Ulashish