Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oʻquv – metodik – ilmiy tur


Buxoro davlat universitetining rahbariyati, professor-o'qituvchilari, iqtidorli talabalaridan iborat jamoa Urganch davlat universiteti 5-oʻquv binosi sharoitlari bilan tanishdilar.

Mazkur oʻquv binosi joriy oʻquv yilining sentabr oyida foydalanishga topshirilgan boʻlib, zamonaviy tipda jihozlangan. Ushbu binoda Fizika-matematika hamda Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetlari talabalari tahsil oladi. Mehmonlar dastlab universitet talabalariga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi joriy etilgan tizim yaʼni Akademik mobillikni muvofiqlash va talabalar bilan ishlash bo'limi: Registratsion ofis faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Boʼlimning funksiyalari mehmonlarimiz eʼtiborini tortdi va ish jarayonini kuzatishdi.

Shuningdek, binoda joylashgan oʼquv laboratoriyalari, dars xonalari, maʼruza mashgʼulotlarini borib koʻrdilar. Professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan suhbatda boʻldilar. 

Ulashish