Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yotib shtangani ko‘tarish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogida “Jismoniy madaniyat” fakulteti talabasi Rajapov Xamidjon 65 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchilar orasida kumush medalga sazovor bo‘ldi


Toshkent viloyatining Chirchiq shaxrida sportning pauerlifting va paralimpiya pauerliftingning “Yotib shtangani ko‘tarish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi hamkorligida uyushtirilgan musobaqada mamlakatimizning eng sara  80 nafarga yaqin mahoratli sportchisi o‘zlarining polvonlik qirralarini ko‘rsatishdi. Unda  “Jismoniy madaniyat” fakulteti 195-gurux talabasi, paralimpiya pauerliftinggi bellashuvlarida Rajapov Xamidjon ,  65 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchilar orasida  160 kilogrammlik toshni o‘ziga bo‘ysundirib,  kumush medalga sazovor bo‘ldi.  Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kubok, diplom va sovg‘alar  bilan taqdirlanishdi.

Ulashish