Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



FAKULTET KENGASHINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI O'ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI PROFESSOR-O'QITUVCHILARI E'TIROF ETILDI


Joriy yilning 30-aprel kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 9-majlisi bo'lib o'tdi.

Kengash yig'ilishida respublikamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ular bo'yicha fakultet jamoasi oldida turgan vazifalar bo'yicha ma'lumot berildi. Shuningdek, fakultetda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ahvoli, kafedralarda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar, talabalarning fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki to'g'risida ma'ruzalar hamda har xil masalalar Kengash kun tartibidan joy oldi.

Kengash yakunida fakultet dekani, professor D.G'ayipov O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti O'.Rajabovni dotsent ilmiy unvoni bilan taqdirlab, ularga diplom topshirdi.

Ulashish