Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Talabalar ligasi” ning Respublika final bosqichi g'oliblari tantanali kutib olindi


“Talabalar ligasi” ning Respublika final bosqichida ishtirok etish uchun joʼnab ketgan Urganch davlat universiteti jamoasi Urganch vokzalida tantanali kutib olindi.

Joriy yil 24-28 may kunlari Namangan, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan sport maydonlarida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika final bosqichi boʼlib oʼtdi. 

Musobaqalarda universitetimiz jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli oʼrinlarni qoʼlga kiritdilar. Umumiy hisobda talabalarimiz 7 ta oltin, 10 ta kumush, 10 ta bronza medalni qo’lga kiritishdi:

Stol tennis boʻyicha faxrli 1-oʻrin;
Basketball bo’yicha 2-o’rin (yigitlar o’rtasida);
Voleybol bo’yicha 3-o’rin (qizlar o’rtasida).

Bugun Urganch vokzalida universitet rahbariyati hamda Sport va sanʼat fakulteti professor-oʼqituvchilari qahramonlarimizni tantanali kutib olishdi.

Ulashish