Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Talabalar festivali – 2024”


Bugun Urganch davlat universitetida kunning ikkinchi yarimida ham  “Talabalar festivali – 2024” haftaligi doirasidagi tadbirlar qizg’in tarzda davom etdi. Haftalik doirasidagi “Startup” loyihalar tanlovida universitetning 6 ta fakultetidan talabalar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. 

Tanlov ishtirokchilarining loyihalari orasidan Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabasi L.Rustamovaning “Desert tayyorlash”, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabasi D.Davletovaning “Chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash”, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabasi D.Xusayinovning “Arqon ishlab chiqarish texnologiyasi” hamda Xorijiy filologiya fakulteti talabasi J.Sobirovning “Turkcha piknik” loyihalari eng yaxshi loyihalar deb topildi.

Ulashish