Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



TURKIYALIK TADQIQOTCHILAR URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA BO’LISHDI


Bugun, 25-iyun kuni Turkiyaning Konya texnika universiteti, Oqsaroy hamda Qaraman universitetlarining 25 nafar professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilari hamda talabalaridan tashkil topgan delegatsiyasi Urganch davlat universitetida bo’lishdi. 

Turkiyalik tadqiqotchilarning tashrifi jarayonida Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori G’.O’razboyev hamda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i E.Yo’ldashovlar kutib olib, universitet bo’ylab ekskursiya uyushtirishdi. Ekskursiya davomida mehmonlar universitetning o’quv, ilmiy-innovatsion faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar va professor-o’qituvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlari, boy moddiy texnik bazasi, maʼruza zallari, o’quv va ilmiy-tadqiqotlarga yo’naltirilgan laboratoriyalari hamda undagi jihozlar bilan tanishtirildi. 

Ma’lumot o’rnida, ushbu delegatsiya a’zolari Jaloladdin Manguberdi majmuasi hamda ko’hna Xivaning “Ichan qal’a” muzey qo’riqxonasiga ham sayohat qilishlari rejalashtirilgan.

Ulashish