Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



ECAMPUZ loyihasi doirasida


Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasidagi “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasining CAMP-2 seminari gʻoliblari,  yosh olimlar va magistrlar 2024-yilning 30-iyundan 8-iyulgacha Daniyaning Kopengagen universitetida malaka oshirishmoqda.  Kimyoviy texnologiya fakulteti Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Bekzod Kuramboyev kuzatuvchi rahbar sifatida talabalarga hamrohlik qilmoqda. 

Ushbu ECAMPUZ granti UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakultetining Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi tomonidan yutib olingan boʻlib, bunda 2 ta programma “CAMPs” va “Train-the-trainer” boʻyicha tanlov e’lon qilinadi va har yili gʻoliblar aniqlanadi.

ECAMPUZ – bu O‘zbekistonning olti hamkor oliy taʼlim muassasasi va Yevropa Ittifoqining nufuzli ikki oliy o‘quv yurti hamkorligi doirasida salohiyatni oshirish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan qo‘shma Erasmus+ loyihasidir. Oziq-ovqat fanining uchta muhim sohasini qamrab olishga mo'ljallangan va dunyoning uchta yetakchi tadqiqot guruhlarini o'z ichiga oladi:

Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari va kimyometriya;
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi;
Oziq-ovqat kimyosi va molekulyar gastronomiya.

Ulashish