Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Bugun yurtimiz bo’ylab o’tkazilayotgan davlat test imtihonlarining so’nggi kuni bo’lib o’tmoqda


Xabaringiz bor, 2024-yil 14-iyul kuni yurtimizda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun davlat imtihonlari boshlagan edi. Respublikamizning har bir hududi singari Xorazm viloyatida ham "Yoshlik" sport majmuasi hamda BMBA  Xorazm viloyati bo'limlariga qarashli binolarda test sinovlari bo'lib o'tmoqda.  Bugun sinovlarning so’nggi, 12-kuni. 

Imtihon jarayonlarida Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlashda, abituriyentlarning buyumlarini saqlash joylarida hamda ota-onalar kutish joylarida faol xizmat qilishmoqda.

Test sinovlari kuniga ikki smenada tashkil etilmoqda:
 – 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha;
 – 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha.

Barcha abituriyentlarimizga omad yor bo'lsin!

Ulashish