Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Hindistonning Acharya universiteti vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi


Bugun, 1-avgust sanasida Hindistonning Acharya universiteti bosh ijrochi direktori Shalini Reddi xonim hamda Korporativ va jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktor janob Vishesh Chandrashekar Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻlishdi.

Tashrif doirasidagi universitet rahbariyati bilan uchrashuvda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi O.Otamuratov ishtirok etdi.

Dastlab rektor B.Abdullayev tomonidan Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, oʻquv jarayonlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy sohadagi faoliyati, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumotlar berildi. Urganch davlat universiteti Acharya universiteti bilan IT va texnika sohalarida yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Qolaversa, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi hamda qoʻshma ilmiy rahbarlikni yoʻlga qoʻyish, birgalikda konferensiyalar tashkil etish, Acharya universitetining IT boʻyicha malakali oʻqituvchilarini ishga olish borasida takliflar berildi. 

Mehmonlar bilan kechgan samimiy muloqotda Oʻzbekiston va Hindistonning qadimiy doʻstona aloqalari eʼtirof etildi. Har ikkala universitetlarning taʼlimdagi oʻziga xosliklari haqida fikr almashildi. Mehmonlar Urganch davlat universitetining koʻp tarmoqli ekanligi  hamda oliygohda xalqaro konferensiyalarning tashkil etilishiga katta qiziqish bildirishdi.

Uchrashuvdan soʻng, mehmonlar Xorijiy filologiya fakultetida tashkil etilgan Hindiston madaniyatini o'rganish markazi bilan yaqindan tanishdilar. 

Ulashish