Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yaponiya universitetlari professorlari UrDUda bo’lishdi


Bugun, 7-sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya milliy universiteti professori Sekine Takemasa hamda Nagoya iqtisodiyot universiteti professori  Alisher Umirdinov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif asnosida mehmonlar bilan UrDU rektori Baxrom Abdullayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev hamda Ilmiy ishlar va innovatsialar bo'yicha prorektor Z.Ibragimovlarning rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Dastlab uchrashuvda rektor B.Abdullayev oliygohning ta’lim dasturlari, imkoniyatlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va o’quv jarayonlari to’g’risida ma’lumotlar berib, universitet faoliyati hamda endilikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, mehmonlar o’z universitetlari  haqida, oliygohning bugungi kunda jahon reytinggidagi o’rni  to’g’risida gapirishdi.

Muloqot chog’ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, professor-o’qituvchi va talabalar anmashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda har ikki oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari uchun seminarlar o’tkazish, shu bilan birga, oliygoh talaba-yoshlari uchun yapon tili markazlarini tashkil etish borasida muzokaralar olib borilib, har ikki tarafning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Shundan so'ng, mehmonlar universitetning yosh olim va tadqiqotchilari, talabalari uchun seminar o‘tkazishdi. Unda yapon oliygohlarida taʼlimning olib borilishi, talabalar uchun imkoniyatlar, grant loyihalar haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etilgach,  “Xalqaro savdo tashkiloti huquqiy asoslari” mavzusida taqdimot qilindi.

Ayniqsa, oʻzbekistonlik professorning Yaponiya oliygohida faoliyat olib borishi talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Oʼzining taʼlim tizimi bilan dunyoga mashhur ushbu kunchiqar davlatning oliy taʼlim tizimi haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 

 

Ulashish