Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahri delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi


Bugun Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahri delegatsiya rahbari Aydin Kerimov boshchiligida bir guruh ozarbayjonlik mehmonlar Xorazm viloyatiga tashrif doirasida Urganch davlat universitetida bo’lishdi. Delegatsiya a’zolarini UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda universitet ma’muriyati iliq qarshi olishdi. 

Dastlab mehmonlarning  2023-yilda Filologiya va sanat fakultetida Ozarbayjon shoiri, yozuvchi, dramaturg, jamoat arbobi sharafiga tashkil etilgan “Yusif Vazir Chamanzaminli nomidagi Ozarbayjon-O‘zbek do‘stlik markazi” bilan tanishuvi bo’lib o’tdi.

Mehmonlarga Filologiya va sanat fakulteti dekani D.G‘ayipov markazning tashkil etilishi hamda Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalari bilan til va adabiyot yoʼnalishida olib borilayotgan hamkorlik aloqalari va hamkorlikning kelgusidagi rejalari haqida maʼlumotlar berdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan  ushbu markazda xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyatga ega boʼlgan Ozarbayjonning milliy-maʼnaviy qadriyatlari, tarixi, adabiyoti, madaniyati va san'atini aks qildiruvchi kitoblar, ulugʼ shoir va yozuvchilarning siymolari, elektron adabiyotlar, shu bilan birgalikda, Yusuf Chamanzaminlining hayoti va ijodiy faoliyatini o'zida aks ettiruvchi adabiyotlar, fotosuratlar joy olgan. Bularning barchasi mehmonlarni diqqat-eʼtiborini jalb etdi hamda Urganch davlat universitetining Ozarbayjon madaniyati, san’ati va adabiyotiga bo’lgan qiziqishidan juda mamnun bo’lishdi. 

Rektor B.Abdullayevga Aydin Kerimov tomonidan  ushbu madaniy markaz uchun ramziy esdalik sovg’alari taqdim qilindi.

Ulashish