Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU Respublika psixologlar forumiga mezbonlik qilmoqda


Bugun Urganch davlat universitetida  “22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan 22-23 noyabr kunlariga mo'ljallangan “Raqamli dunyoda talaba-yoshlarning psixologik salomatligi: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika psixologlar forumi o‘tkazilmoqda.

Forumning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori, ayni paytda Oliy Majlis senatining  Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev  kirish so’z bilan ochib berib, uning ahamiyati va bugungi kunda yurtimizda psixologlar faoliyati yanada rivojlanganini ta’kidlab, seminar faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi mutaxassisi Dildora Solixo‘jayeva hamda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Odinaxon Jamoldinova so’zga chiqib, sana munosabati bilan barcha psixologlarni tabrikladi.

Unda Urganch davlat universiteti hamda Respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridan yuzga yaqin psixologlar ishtirok etishmoqda. Seminarda gadjet va ijtimoiy tarmoqlar qaramligining oldini olish usullari, oliy ta’lim muassasalarida raqamli gigiyenani shakllantirish hamda raqamli qaramlikning talabalar ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri singari mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglanmoqda. 

Kunning ikkinchi yarimida seminar o’z faoliyatini sho'balarga bo’lingan holda amaliy mashg’ulot tarzida davom ettiradi.

Ulashish