Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"1-dekabr — Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni" munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi


Bugun, 25-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti hamda  OITSga qarshi kurashish markazi hamkorligida  "Sog‘lom hayot sari birgalikda" shiori ostida  sportning basketbol, stritbol, shashka-shaxmat, yengil atletika va stol tennisi turlari bo'yicha fakultet birinchiligi o'tkazildi.

Barcha ishtirokchilar qizg’in kechgan musobaqada  g'oliblikni qo'lga kiritish uchun o'zaro kuch sinashdilar.  

Musobaqada basketbol sport turidan 241-basketbol guruh talabasi A.Abdusharipov, stritbol sport turidan S.Atamuratova, shashka sport turidan (o'g'il bolalar bo'yicha) I.Mavlonov, (qiz bolalar bo'yicha) Sh.Abdalova hamda shaxmat sport turidan Xorijiy filologiya fakulteti talabasi M.Abdusharipova g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

Shuningdek, sport marafonida g'olib deb topilgan talabalar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tomonidan faxriy yorliqlar bilan munosib taqdirlandilar.






 





Ulashish