Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ilmiy-nazariy seminar


Xorijiy filologiya fakulteti " Ingliz tili va adabiyoti" o'qituvchilari Kushmanov Jasur va Atajanova Marhabo 27-noyabr kuni Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida ilmiy-seminar o'tkazishdi. Seminarda o'qituvchilar joriy yilning 1 - noyabrdan 15 - noyabrga qadar Turkiyaning  Egey universiteti Adabiyot fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida professor Züleyha Çetiner-Öktem rahbarligida qisqa muddatli ilmiy stajirovka amalga oshirish maqsasida safarda bo‘lganligi haqida gapirishdi.Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri professor Züleyha Çetiner-Öktem bilan dars o’tish metodikasi va talabalar bilan ishlash hamda o’quv mashg’ulotlari to’grisida fikr almashganligi va kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy salohiyati hamda Scopus va Web of Science jurnallarida maqola va tezislar chop qilinish holatlari o’rganilganligi haqida ma'lumot berib o'tishdi. Ilmiy stajirovka yakunida Egey universitetida ilmiy tadqiqot olib borilganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lganliklari haqida ham aytib o'tishdi

Ulashish